Yevropa Ittifoqi davlatlari 2019 yilda 706 ming 400 kishiga fuqarolik berdi

Yevropa Ittifoqi davlatlari 2019 yilda 706 ming 400 kishiga fuqarolik berdi. Buning 87 foizi Yevroittifoq fuqarosi bo'lmagan yoki boshqa biron davlatda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni tashkil qiladi.

1601854

Eurostat qo'mitasi 2019 yilda Yevroittifoqqa a'zo 27 mamlakatda fuqarolik huquqini qo'lga kiritganlar haqida ma'lumot berdi.

Bunga ko'ra, 2019 yilda Germaniya 132 ming kishiga fuqarolik berdi. Shuningdek Italiya 127 ming kishiga, Fransiya 109 ming 800 kishiga, Ispaniya 99 ming kishiga va Shvetsiya 64 ming 200 kishiga fuqarolik bergan.

Ma'lumotga ko'ra, 2019 yilda Yevropa Ittifoqi fuqaroligini qabul qilganlar orasida Marokashliklar ko'pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, Marokashlik 66 ming 800 kishi, Albaniyalik 41 ming 700 kishi, Britaniyalik 29 ming 800 kishi, Suriyalik 29 ming 100 kishi, Braziliyalik 23 ming 500 kishi, Ukrainalik 18 ming 100 kishi, Jazoirlik 18 ming va Rossiyalik 16 ming 400 kishi Yevropa Ittifoqi fuqarosiga aylangan.

Ular orasida Turkiyadan ham 28 ming 600 kishi Yevropa Ittifoqi fuqaroligiga qabul qilingan.

Bundan tashqari, Ruminiyadan 26 ming 600, Polshadan 12 ming 600 va Italiyadan 8700 kishi Yevroittifoqqa a'zo boshqa davlatdan fuqarolik olgan.

Tanlangan kalimalar: #fuqarolik , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar