Ukraina Qrimni qutqarish va qayta tiklash strategiyasini qabul qildi

Dmitro Kuleba ijtimoiy tarmoq Twitter orqali bergan bayonotida, Rossiyaning Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan 2014 – yildan beri zarur va tarixiy qarorni qabul qilganliklarini bildirdi.

1600005
Ukraina Qrimni qutqarish va qayta tiklash strategiyasini qabul qildi

Ukraina Qrimni qutqarish va qayta tiklash strategiyasini qabul qildi.

Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Dmitro Kuleba ijtimoiy tarmoq Twitter orqali bergan bayonotida, Rossiyaning Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan 2014 – yildan beri zarur va tarixiy qarorni qabul qilganliklarini bildirdi.  

Qrimning qutqarilishi va qayta tiklanishi strategiyasini qabul qilganliklarini yodga solgan Kuleba,

“Nima demoqchi bo‘lganimiz ochiq – oydin o‘rtada. Faqatgina dunyoni Qrimni bizga qaytishi uchun yordam berishga chaqiryapmiz. Shu bilan birga Ukraina (Davlat rahbari Vladimir) Zelenskiy liderligida o‘zining sistematik say – harakatini ham amalga oshirmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kuleba, Qrimning qaytarilishi uchun 3 bosqich borligini qayd etgan holda,

“Birinchisi bugun tasdiqlangan Strategiya, ikkinchisi Mustahkamlash: Qrim platformasidagi sheriklar bilan mushtarak say – harakatlarimiz va uchinchisi Sinergiya: Qrimda xalqaro huquq va Ukraina hududiy yaxlitligining qayta tiklanishi”. – dedi.


Tanlangan kalimalar: #Qrim , #Dmitri Kuleba , #Rossiya

Aloqador xabarlar