Nigeriyadagi shiddat voqealari yuzasidan bir yilda 27 ming kishi o‘z uyini tark etdi

Nigeriyaning Kaduna shtatidagi shiddat voqealari yuzasidan bir yilda, 27 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

1598669
Nigeriyadagi shiddat voqealari yuzasidan bir yilda 27 ming kishi o‘z uyini tark etdi

Nigeriyaning Kaduna shtatidagi shiddat voqealari yuzasidan bir yilda, 27 ming kishi o‘z uyidan mahrum bo‘lgan. Eng yomoni ularning ko‘pchiligi bolalar va ayollardan iborat.

Nigeriyadagi Muhorjirlar va o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lganlar komissiyasi rahbari senator Basheer Garba Muhammad, Kaduna shtatiga qarashli Birnin Gvari mintaqasidagi shiddat voqealari yuzasidan oxirgi bir yilda 27 ming kishining uy - joyini tark etganini ma’lum qildi.

Ulardan ko‘pchiligining bolalar va ayollardan iboratligini qayd etgan Muhammad, hukumatning takror turar - joy tiklash loyihasi asosida, ularga oziq - ovqat va eng asosiy ehtiyoj ashyolari yuborilganini qayd etdi.

Mamlakatda, oxirgi vaqtlarda qurolli kishilarning mototsikllar orqali hujumlar uyushtirishi tufayli ba’zi shtatlarda mototsikldan foydalanish man etilgan.

Mintaqa vaqti - vaqti bilan mol chorvachiligi bilan shug‘llangan fuloniylar bilan dehqonchilik bilan shug‘ullangan ba’zi qabilalar orasidagi og‘ir to‘qnashuvlarga sahna bo‘lmoqda.

Oxirgi marotaba, bundan ikki kun avval qurolli kishilar uyushtirgan hujumda 19 kishi o‘ldirilgandi.

Hayvonlarini boqish uchun mamlakatning janubiga ko‘chgan fuloniylar, dehqonlarning hayvonlarini og‘irlashga uringanini va o‘zlariga qarshi hujum qilganini iddio etmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya , #Kaduna , #shiddat voqealari

Aloqador xabarlar