Gretsiyaning Larissa shahrida 6.2 magnitudali zilzila ro’y berdi
Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining internet saytida berilgan ma’lumotga ko’ra, zilzila kecha Turkiya vaqti bilan soat 21:24da sodir bo’lgan. Zilzila o’chog’i yerning 34.05 km tagida joylashgan.
1594807

Gretsiyaning Larissa shahrida 6.2 magnitudali zilzila ro’y berdi. Zilzila ortidan shaharda yana 5 va 4.2 ball yer qimirlashi yuzaga keldi.
Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining internet saytida berilgan ma’lumotga ko’ra, zilzila kecha Turkiya vaqti bilan soat 21:24da sodir bo’lgan. Zilzila o’chog’i yerning 34.05 km tagida joylashgan.
Birinchi zilziladan so’ng, yana Larissa shahrida Turkiya vaqti bilan soat 21:49da 4.2 magnitudali zilzila ro’y bergan. Bu safar zilzila yerning 4.73 km tagida yuzaga kelgan.
Zilzila Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida ham sezilgan.