Boliviyadagi avtobus halokatida 21 yo’lovchi halok bo’ldi

Bu voqea mamlakatning Cochabamba shahrida ro’y bergan. Santa Cruz shahriga ketayotgan avtobus Kalomi shaharchasida 150 metrlik jarlikka qulab tushgan. Avtohalokat oqibatida 21 yo’lovchi halok bo’lgan, 20 nafari jarohatlangan.

1594268
Boliviyadagi avtobus halokatida 21 yo’lovchi halok bo’ldi

 

Boliviyada avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 21 yo’lovchi halok bo’ldi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, bu voqea mamlakatning Cochabamba shahrida ro’y bergan. Santa Cruz shahriga ketayotgan avtobus Kalomi shaharchasida 150 metrlik jarlikka qulab tushgan. Avtohalokat oqibatida 21 yo’lovchi halok bo’lgan, 20 nafari jarohatlangan.

Halokat vaqtida jarohatlangan yo’lovchilardan biri 2016 yilda Braziliya futbol jamoasi a’zolarini olib ketayotgan samolyotning Kolumbiyada fojiaga uchragan vaqtda tirik qolgan Ervin Tumiri ekani ma’lum bo’ldi.

Yengil jarohatlangan Tumiri: “Bu safar ham tirik qoldim. Allohga shukurlar bo’lsin!”,-dedi.

Eslatma: 2016 yilda Braziliya futbol jamoasi a’zolarini olib ketayotgan samolyot Kolumbiyada fojiaga uchragandi. Samolyot bortida bo’lgan 81 kishidan 5 nafari tirik qolgandi xalos.


Tanlangan kalimalar: #avtobus halokati , #Boliviya

Aloqador xabarlar