Zalmay Xalilzod Afg’oniston va Qatarga tashrif buyuradi
AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Afg’onistonga tashrifi chog’ida Afg’oniston hukumati vakillari va “Tolibon” harakati yetakchilari bilan uchrashadi.

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Afg’oniston va Qatarga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.
Xalilzod Afg’onistonga tashrifi chog’ida Afg’oniston hukumati vakillari va “Tolibon” harakati yetakchilari bilan uchrashadi.
AQSh davlat kotibligi Zalmay Xalilzodning Kobul va Dohaga tashrifi haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Biroq, “Maxsus vakil Afg’onistonda doimiy tinchlik o’rnatish uchun Afg’on yetakchilar va Tolibon harakati aʼzolari bilan uchrashadi. Shuningdek, tegishli mamlakatlar bilan muzokaralarni davom ettiradi”,-deb bayonot berish bilan cheklandi.
Ta’kidlash joizki, Qatar poytaxti Dohada 2020 yil 29 fevralda AQSh bilan Tolibon harakati a’zolari o’rtasida Afg'onistonda qo'shinlarni olib chiqish va tinchlik o'rnatish to'g'risida bitim imzolangandi.
Shu bilan bir qatorda, amerikaliklar Kobulda Afg'oniston hukumati va toliblar bilan muzokaralar olib borish zarurligi to'g'risida qo'shma deklarasiya imzolagandi.
Amerikaliklar ushbu kunni tarixiy deb atashgandi. Biroq, 2020 yil 4 mart kuni AQSh va Tolibon bir-birini ayblab, shartnoma buzilganligi yuzasidan bayonot bilan chiqishgandi.
2021 yil 6 yanvarda takror boshlangan muzokaralar 26 yanvarda Tolibon harakati a’zolarining mintaqa davlatlariga safari munosabati bilan muzokaralarga qisqa tanaffuz berilgandi. Buning ortidan muzokaralarning ikkinchi bosqichi 22 fevralda takror yo’lga qo’yilgandi.
Aloqador xabarlar

Kechadan beri davom etayotgan qum bo'roni tufayli Iroqda dam olish kuni e'lon qilindi
Kecha oqshomdan beri davom etayotgan qum bo'roni tufayli Iroqda dam olish kuni e'lon qilindi.