Pashinyan, Onik Gasparyanni vazifasidan chetlatdi

Pashinyan, Armaniston Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Onik Gasparyanni vazifasidan chetlatdi.

1590548
Pashinyan, Onik Gasparyanni vazifasidan chetlatdi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan askarlarning o‘z ishi bilan ovora bo‘lishi va chegaralarni himoya qilishi kerakligini bildirdi.

Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi va barcha katta qo‘mondonlar, Bosh vazir Pashinyanning iste’fosini talab qilgan bayonot chop etgandi.  

Unda, Pashinyan hukumatining jiddiy va yetarli qarorlar ololmasligi, bunga qodir emasligi ifoda etilgandi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi bu haqida:

“Pozitsiyamizni tasdiqlayapmiz. Iste’fo talabi kimlarningdir bosimi natijasida tayyorlanmadi”. - dedi.

Pashinyan esa, qurolli kuchlarning iste’foga chaqirish talabini “to‘ntarish tashabbusi” deb baholadi va o‘zini qo‘llab - quvvatlaganlarni ko‘chalarga chaqirdi.

Pashinyan shuningdek, Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Onik Gasparyanni vazifasidan chetlatganini ma’lum qildi.

Voqealar ortidan poytaxt Yerevanda qariyb 20 ming kishi Pashinyanning chaqirig‘iga quloq solib, Respublika maydonida to‘plandi.

Bosh vazir Pashinyan ham poytaxtda uyushtirgan yurish ortidan maydonda yig‘ilgan tarafdorlariga xitob etdi.

“Askar o‘z ishi bilan ovora bo‘lsin, Armanistonning chegaralarini himoya qilsin”. - degan Pashinyan kimlarningdir qurolli kuchlarini konstitutsiyaga qarshi faoliyatlarga aralashtirish payida ekanini ifoda etdi.

Qurolli kuchlarining siyosiy jarayonga aralasholmasligini, xalq va xalq saylagan yetakchilikka bog‘liq qolishi kerakligini ta’kidlagan Pashinyan, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisining iste’foga chiqishi kerakligini qayd etdi.

Eski hokimiyatning qurolli kuchlar tarkibida qo‘g‘irchoqlari borligini va ularning ketishi kerakligini aytgan Pashinyan,

“Xalq to‘ntarishga ruxsat bermaydi lekin xalq qarori bilan o‘z vazifamdan ketaman. Favqulodda saylov o‘tkazish haqidagi taklifimiz haligacha o‘z kuchini yo‘qotmadi. Bu borada uchrashuvlarimizni boshlashga tayyormiz”. - deya gapirdi.

Mavzu haqida Kreml tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Yerevandagi vaziyat katta tashvish bilan kuzatilmoqda. Zarur bo‘lsa Rossiya Davlat rahbari Putin bilan Pashinyanning uchrashuv o‘tkazishi uchun tayyorgarliklar tamom.

Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov tomonidan berilgan bayonotda esa,

“Armanistondagi vaziyatni katta xavotirchilik ichida kuzatyapmiz. Lekin yuz bergan voqealar Armanistonning ichki ishlaridir. Armanistondagi hammani sokin bo‘lishga chaqiramiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiya Davlat rahbari Sergey Lavrov ham Armaniston Tashqi Ishlar vaziri Ara Ayvazyan bilan telefon orqali muloqat qildi.

Ayvazyan tomonidan, Armaniston qurolli kuchlarining Bosh vazir Pashinyanning iste’foga chiqishi haqidagi talabi ortidan yuz bergan voqealar haqida ma’lumot berilgan uchrashuvda rus tomoni, nomi tilga olingan vaziyatning Armanistonning ichki masalasi deb qabul qilganini ta’kidlagan holda, muammoning tinchlik yo‘li bilan hal qilinishidan umidvor ekanini bildirgan.

 



Aloqador xabarlar