Rossiya Yevroittifoqning sanksiya qo'llash taklifini "bema’nilik" deb baholadi

Rossiya Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlarining muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning qamoqqa olinganligi sababli Rossiyaga sanksiya berishga urinish harakatiga e’tiroz bildirdi.

1588837
Rossiya Yevroittifoqning sanksiya qo'llash taklifini "bema’nilik" deb baholadi

 

Yevropa Ittifoqi Rossiyada inson huquqlari buzilish holatlariga qarshi sanksiya qo’llashga harakat qilmoqda. Yevropa Ittifoqi davlatlarining tashqi ishlar vazirlari ushbu masalani Bryusselda muhokama qilmoqda.

Rossiya esa, Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlarining muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning qamoqqa olinganligi sababli Rossiyaga sanksiya berishga urinish harakatiga e’tiroz bildirdi. Rossiya hukumati Navalniyni ozod qilish bo’yicha chaqiriqlarni “bema’nilik” deb baholadi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu haqda yozma bayonot berdi.

Vazirlik bayonotiga ko’ra, bu qaror uydirma bahonalar bilan olingan bo’lib, umidlarni puchga chiqardi. Ayni vaqtda Yevroittifoq bilan Rossiya munosabatlariga jiddiy putur yetkazdi.

“Navalniy Rossiya fuqarosi. Iqtisodiy jinoyatlar tufayli mamlakatimizda Rossiya sudi tomonidan aybdor deb topildi”,-deyiladi vazirlik bayonotida.

Shuningdek, “Yevroittifoqning tashqi siyosatida tazyiq, bosim va sanksiya kabi g’ayrioddiy vositalarning ildiz otgani o’ta ayanchlidir. Yevroittifoq xalqaro maydonda o’zboshimchalik bilan harakat qilishga urinmoqda, biroq buning hamkor davlatlarga hurmat, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi va xalqaro huquqqa sodiqlik doirasida hayotga tadbiq etilishini unutdi”,-deyiladi Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Rossiyada muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning qamoqqa olinishi ortidan mamlakatga qarshi sanksiyalar qo‘llash borasidagi talablar kuchayib bormoqda. Yevropalik siyosatchilar imzo chekkan maktub ham ushbu urinishlardan biri hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Aleksey Navalniy , #Yevroittifoq , #Rossiya

Aloqador xabarlar