Turkiya Italiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Goma shahrida BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi avtomobillariga sodir etilgan hujumda Italiyaning Kongo davlatidagi elchisi Luka Attanasio va uning qo'riqchisi halok bo'ldi.

1589125
Turkiya Italiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Kongo Demokratik Respublikasida BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi avtomobillariga sodir etilgan hujumni qoralab, voqeada qurbon bo’lganlar uchun hamdardlik bildirdi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu haqda ma’lum qildi.

“Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Goma shahrida BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi avtomobillariga sodir etilgan hujumda Italiyaning Kongo davlatidagi elchisi Luka Attanasio va uning qo’riqchisi hamda haydovchisi halok bo’lganidan boxabar bo’ldik. Ushbu hujumni qat’iyan qoralaymiz. Do’st Italiya xalqi va hukumatining qayg’usiga sherikmiz. Voqeada halok bo’lganlarning oilalariga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,-deyiladi hamdardlik maktubida.

Eslatma: Kecha, 22 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida Kongo Demokratik Respublikasi sharqida joylashgan Goma va Bukavi shaharlarini bir-biriga bog’lagan yo’lda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi avtomobillariga qurolli hujum sodir etildi.  Voqeada Italiyaning Kongo davlatidagi elchisi 43 yoshli Luka Attanasio, uning qo’riqchisi Vittorio Iacovacci va haydovchisi halok bo’ldi.



Aloqador xabarlar