Texasda 9 mlnga yaqin aholi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda

Texasda yashovchi 8 milliondan ortiq aholiga suv quvurlaridan keladigan ichimlik suvini qaynatmay iste'mol qilish taqiqlangan. Biroq, elektr ta’minoti to’xtaganligi sababli suvni qaynatish imkonsiz.

1588751
Texasda 9 mlnga yaqin aholi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda

 

AQShning o’rta va janubiy hududlarida so‘nggi 30 yilning eng sovuq kunlari kuzatilmoqda. Asosan Texas shtatida aholi o’ta qiyin ahvolda qolgan. 9 mlnga yaqin aholi suv tanqisligiga uchragan. Ayni vaqtda elektrsiz kun kechirishga majbur bo’lmoqda. AQSh prezidenti Jo Bayden Texasda favqulodda holat joriy etilganini e'lon qildi.

Texasda yashovchi 8 milliondan ortiq aholiga suv quvurlaridan keladigan ichimlik suvini qaynatmay iste'mol qilish taqiqlangan. Biroq, elektr ta’minoti to’xtaganligi sababli suvni qaynatish imkonsiz.

Shtat miqyosida 1200dan ortiq davlat suv tizimi hamon ta’mirlanmagan.

Texas gubernatori Greg Ebbott ma’lum qilishicha, o’tgan dam olish kunlari aholiga 3.5 mln shisha suv tarqatilgan.

O’tgan bir hafta mobaynida millionlab aholi o’ta qiyin kunlarni boshidan o’tkazdi. Issiqlik ta'minoti uzilgach, uylardagi harorat keskin tushib ketdi. Shtatda elektr uzilish holatlari qisman bartaraf etildi, biroq haligacha 15 mingdan ortiq aholi elektrsiz yashamoqda.

AQShning janubiy shtatlarida 11 fevraldan boshlab, yopirilgan qor bo’ronlari va qahraton sovuq tufayli kamida 60 kishi hayotdan ko’z yumgan.

Qor bo‘ronlari vaqtida halok bo‘lgan amerikaliklarning ko‘pchiligi o‘limiga tabiiy ofat bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sabab bo‘lgan. Jumladan, insonlar avtomobil avariyalari qurboni bo‘lishmoqda, isinish uchun qo‘llangan mashina va elektr isitkichlardan chiqqan gazlardan zaharlanish holatlari uchramoqda.


Tanlangan kalimalar: #sovuq , #AQSh , #Texas

Aloqador xabarlar