Qatar NATO qoshida o’z vakolatxonasini ochadi

Bryusselda imzolangan kelishuvga binoan, Qatarning NATO qoshida o’z vakolatxonasini ochishiga qaror berildi. Bu tomonlar o’rtasida olib borilgan muzokaralar va yaxshi munosabatlarning natijasi ekanligi qayd etildi.

1583492
Qatar NATO qoshida o’z vakolatxonasini ochadi

 

Qatar Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida o’z vakolatxonasini ochadi.

Bu haqda Qatar rasmiy xabar agentligi (QNA) ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Bryusselda imzolangan kelishuvga binoan, Qatarning NATO qoshida o’z vakolatxonasini ochishiga qaror berildi. Bu tomonlar o’rtasida olib borilgan muzokaralar va yaxshi munosabatlarning natijasi ekanligi qayd etildi.

NATO bilan munosabatlarini 2005 yili Istanbul hamkorlik tashabbusiga rasman a’zo bo’lish bilan birga rivojlantira boshlagan Qatar 2018 yili NATO bilan xavfsizlik, razvedka va harbiy sohalarda hamkorlik bitimlariga imzo chekkan edi.

Qatar mudofaa vaziri Xolid Bin Muhammad Al-Attiya Qatar qurollanish jihatidan mintaqaning eng muhim davlatlaridan biri ekanligini ta’kidlab, maqsad NATOga to’liq a’zo bo’lish ekanligini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Qatar

Aloqador xabarlar