Yaponiyada 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila oqibatida 100dan ortiq inson jarohatlangan. Zilzila Miyagi, Iwate, Akita, Gunma, Saitama, Aomori va poytaxt Tokioda ham sezilgan.

1583314
Yaponiyada 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

 

Yaponiyada 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila oqibatida 100dan ortiq inson jarohatlandi.

Bu haqda Yaponiya meteorologiya agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, zilzila kecha mahalliy vaqt bilan soat 23:07da Fukusima hududining Tinch okeani havzasida ro’y bergan bo’lib, yerning 60 km chuqurligida yuzaga kelgan.

Fukushima sohilida kuchli to’lqinlar yuzaga kelgan, biroq tsunami ogohlantiruvi berilmagan.

Zilzila Miyagi, Iwate, Akita, Gunma, Saitama, Aomori va poytaxt Tokioda ham sezilgan.

Kyodo xabar agentligi ma’lum qilishicha, voqeada qurbonlar yo’q. Hududda joylashgan atom stansiyalarda salbiy holat kuzatilmagan.

Bosh vazir Suga Yoshihida zilzila talofatlarini aniqlash bo’yicha topshiriq berdi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

NHK nashri xabar berishicha, Joban magistralida ko’chki yuz bergan va ba’zi hududlarda suv ta’minoti to’xtab qolgan. Shuningdek, mamlakatda 900 mingta uy elektr ta'minotisiz qolganligi ma'lum qilinmoqda. Zilziladan so‘ng Yaponiyadagi bir nechta elektr stansiyasi o‘chirib qo‘yilgan.

Sharqiy Yaponiya temir yo’llarining ba’zi poyezd safarlari to’xtatildi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Yaponiya

Aloqador xabarlar