Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 mln 365 mingga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 364 ming 980 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 107 mln 856 mingdan oshdi,  79 mln 871 mingdan ortiq kishi koronavirusdan sog’aydi.

1581411
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 mln 365 mingga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 364 ming 980 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 107 mln 856 mingdan oshdi,  79 mln 871 mingdan ortiq kishi koronavirusdan sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 483 ming 200 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 27 mln 897 mingdan oshdi. Britaniyada uchragan koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi AQShda ham keng tarqalib bormoqda. Bu virus avvalgi variantiga nisbatan yana ham yuqumliroq ekanligi qayd etildi.

Braziliya koronavirusdan o’limlar soni bo’yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turibdi. Braziliya sog’liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko’ra, mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 234 ming 945 nafarni tashkil qilmoqda. Koronavirusdan kasallanganlar soni 9 mln 662 mingdan ko’proq.

Meksikada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 169 ming 760 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlar soni 1 mln 957 mingga yetdi. Meksika hukumati Xitoyning “CanSino” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinani shoshilinch emlashga ruxsat berdi.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 1001 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 114 ming 851 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 3 mln 985 ming 161 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 13 ming 13ta yangi holat qayd etildi. Britaniyada 12 mln 14 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi. Ular vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 336 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 92 ming 338 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 12 ming 956 kishiga oshib, 2 mln 668 ming 266 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada so’nggi bir kunda 296 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 80 ming 443 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 25 ming 387ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni  3 mln 385 ming 622 nafarni tashkil qilmoqda. Fransiyada olib borilgan anketaga ko’ra, aholining 71 foizi hukumatni koronavirusga qarshi o’z vaqtida va tog’ri qaror olmaganlikda ayblamoqda.

Ispaniyada so’nggi bir kunda 643 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 63 ming 704 nafarga yetdi. Mamlakatda virusga chalinganlar soni 18 ming 114 kishiga oshib, 3 mln 23 ming 601 nafarni tashkil qilmoqda.

Germaniyada koronavirus qurbonlari soni 63 ming 979 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 2 mln 311 mingni tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirusga qarshi olingan karantin cheklovlari 7 martgacha uzaytirildi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar