Turkiyaning Milliy Kosmik dasturi, chet el OAVda keng ko‘lamli o‘rin oldi

Turkiyaning Milliy Kosmik dasturi, chet el ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamli o‘rin oldi.

1580759
Turkiyaning Milliy Kosmik dasturi, chet el OAVda keng ko‘lamli o‘rin oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan taqdim etilgan Turkiyaning Milliy Kosmik dasturi, Associated Press (AP) ve Reuters axborot agentligi bosh bo‘lish bilan birga Amerika Qo‘shma Shtatlari ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamli o‘rin oldi.

Associated Press tomonidan “Turkiya 2023 - yilgi kosmik dasturini e’lon qildi. Unda oyga qo‘nish vazifasi ham kiritilgan” degan sarlavha bilan berilgan xabarda, Prezident Erdo‘g‘anning poytaxt Anqarada qayd etgan ba’zi so‘zlariga ham o‘rin berildi.

Unda Milliy Kosmik dasturi Erdo‘g‘anning, Turkiyani kengaytirilgan mintaqaviy va global nuqtaga joylashtirish haqidagi ko‘z qarashining bir bo‘lagi sifatida baholandi.

Turkiyaning 2018 - yili Turk Kosmik agentligi tashkil etganiga e’tibor qaratilgan xabarda, Milliy kosmik dasturining olimlarning faoliyat sohasiga yangi eshiklar ochishi va ularning mamlakatni tark etishi sonidagi kamayishga ijobiy hissa qo‘shishi mumkinligi aytildi.  

Reutersning “Erdo‘g‘an, ‘Turkiya 2023 - yili oyga chiqishni ko‘zlamoqda’. - dedi” sarlavhasi bilan tarqatgan ma’lumotda Prezident Erdo‘g‘an taqdim etgan Turkiyaning Milliy kosmik dasturi baholandi.

Unda, Erdo‘g‘anning dasturda so‘zlagan nutqida qayd etilgan 10 ta strategik maqsadga e’tibor qaratilib, Turkiyaning 8 - yanvar kuni AQShning Florida shtatidagi Kanaveral burnidan uchirilgan yangi sun’iy yo‘ldoshi Türksat 5A ham ta’kidlandi.

Associated Press (AP) ve Reuters axborot agentligi xabarlari AQShning milliy va mahalliy telekanallari va gazetalarida ham keng ko‘lamli o‘rin oldi.

Prezident Erdo‘g‘an taqdim etgan Turkiyaning Milliy Kosmik dasturini rus axborot agetnligi ham baholadi.

Rossiyaning RIA Novosti axborot agentligi, “Turkiya 2023 - yili oyga kosmik apparat yuborishni rejalashtirmoqda” degan sarlavha bilan bergan xabarda, Prezident Erdo‘g‘anning nomi tilga olingan reja uchun turk muhandislariga ishonganligi haqidagi bayonotlari joy oldi.

TASS axborot agentligi, “Erdo‘g‘an Turkiyaning kosmik rejalari haqida gapirdi” degan sarlavha bilan tarqatgan ma’lumotida Turkiyaning, xalqaro ishtirokda kosmik baza qurishni rejalashtirganiga e’tibor qaratildi.

Prezident Erdo‘g‘anning, yurtining yangi avlod sun’iy yo‘ldoshlarning rivojlantirilishida milliy markaga aylanishni rejalashtirgan so‘zlariga o‘rin bergan Izvestiya gazetasi esa Turkiyaning, 2028 - yili kosmik apparatini sayyoraning eng yaqin orbitasiga chiqarish niyatida ekanini qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar