Germaniya, Shvetsiya va Polsha rus diplomatni “persona non grata” deb e’lon qildi

Rossiya bundan avval Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda qatnashganligi sababli Germaniya, Polsha va Shvetsiyaning uch nafar diplomatini “persona non grata” deb e’lon qilib, mamlakatdan chiqarib yuborishini ma’lum qilgandi.

1579678
Germaniya, Shvetsiya va Polsha rus diplomatni “persona non grata” deb e’lon qildi

 

Germaniya, Shvetsiya va Polsha Moskvaga javoban rossiyalik bittadan diplomatni mamlakat hududlaridan chiqarib yuborilishini e'lon qildi.

Rossiya avvalroq Germaniya, Shvetsiya va Polshaning diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborishini ma’lum qilgandi.

Germaniya tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotiga ko’ra, 1961 yil 18 aprelda imzolangan Diplomatik aloqalar bo’yicha Vena shartnomasining 9-moddasiga binoan, Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasida xizmat qilgan diplomat “persona non grata” deb e’lon qilingan.

Ayni vaqtda, Germaniya hukumati 5 fevralda nemis diplomatning Rossiya tomonidan mamlakat hududlaridan chiqarib yuborilishiga e’tiroz bildirgan.

Shvetsiya ham Rossiyaning Stokholmdagi elchixonasida xizmat qilgan rus diplomatni “persona non grata” deb e’lon qildi.

Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linda SVT telekanaliga bergan intervyusida “Rossiya bizga boshqa chora qoldirmadi”,-dedi.

Polsha hukumati ham Poznan shahridagi Rossiya konsulligida xizmat qilgan rus diplomatni mamlakat hududlaridan chiqarib yuborishga qaror qildi.

Eslatish joizki, Rossiya bundan avval Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda qatnashganligi sababli Germaniya, Polsha va Shvetsiyaning uch nafar diplomatini “persona non grata” deb e’lon qilib, mamlakatdan chiqarib yuborishini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar