Eron Rossiyaga nota berdi

Bunga sabab sifatida Rossiya “Fors ko’rfazi” o’rniga “Arab ko’rfazi” ifodasini qo’llanganli ko’rsatildi.

1579356
Eron Rossiyaga nota berdi

 

Eron Rossiyaga nota berdi.

Bunga sabab sifatida Rossiya “Fors ko’rfazi” o’rniga “Arab ko’rfazi” ifodasini qo’llanganli ko’rsatildi.

IRNA xabar agentligi ma’lum qilishicha, Eron tashqi ishlar vazirligi kotibi Said Xatibzoda “Arab ko’rfazi” ifodasini qo’llanganligi sababli Rossiya tashqi ishlar vazirligiga nota berilganligini ta’kidladi. Bu Eronning Rossiyadagi elchixonasi vositasida amalga oshirilgan.

Ma’lumotga ko’ra, Rossiya tashqi ishlar vazirligi twitterdagi sahifasida yozilgan arabcha e’lonida “Arab ko’rfazi” ifodasini tilga olgandi.

Turkiyada Basra ko’rfazi deb atalgan mintaqa Eronda “Fors ko’rfazi”, arab mamlakatlarida esa “Arab ko’rfazi” deb ataladi.

 


Tanlangan kalimalar: #nota , #Rossiya , #Eron

Aloqador xabarlar