AQSh, Navalniyning nazorat ostiga olinishi masalasini tanqid qildi

Vashington bilan Moskva o‘rtasidagi diplomatik uchrashuvlar ortdi.

1577785
AQSh, Navalniyning nazorat ostiga olinishi masalasini tanqid qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Rossiya muxolifati faoli Aleksey Navalniyning nazorat ostiga olinishi masalasini tanqid qildi.

Vashington bilan Moskva o‘rtasidagi diplomatik uchrashuvlar ortdi.

O‘tgan hafta ikkala mamlakat liderlari uchrashar ekan bu gal AQSh va Rossiya Tashqi Ishlar vazirlari telefon orqali muloqat qildi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va rossiyalik kasbdoshi Sergey Lavrovning birinchi uchrashuvida yadroviy inqirozning oldini oluvchi Yangi START shartnomasi eng asosiy kun tartibi moddalaridan biri bo‘ldi.

AQSh tomoni ayniqsa Xitoyning bu boradagi tahdidini ta’kidladi.

Blinken, Rossiyaning AQSh fuqarolariga va ittifoqdoshlariga ziyon yetkaza oladigan harakatlariga qarshi, qarorli munosabatlarini davom ettirishlarini qayd etdi.

AQSh tomonidan berilgan bayonotda, “muxolifat faoli Navalniy va nazorat ostidagilar bilan bog‘liq tashvishlarimizni ham yetkazdik”. - deyildi.

Rossiyaning bayonotlarida esa Blinkenga mavzu haqida batafsil ma’lumot berilgani va Rossiyaning ichki ishlari bilan qonunlarining hurmat qilinishi kerakligi ta’kidlandi.

Ikkala vazirning ayniqsa Suriyaning kelajagi, Liviya va Ukraina mavzularini ham qo‘lga olgani bildirildi.



Aloqador xabarlar