Rossiya g’arb mamlakatlarini ichki ishlariga aralashganlikda aybladi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Maria Zaharova Rossiya telekanali orqali chiqishida, g’arb davlatlarning rossiyalik muxolif Aleksey Navalniyni ozodlikka chiqarish to’g’risidagi talablariga munosabat bildirdi.

1576285
Rossiya g’arb mamlakatlarini ichki ishlariga aralashganlikda aybladi

 

Rossiya g’arb mamlakatlarini ichki ishlariga aralashganlikda aybladi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Maria Zaharova Rossiya telekanali orqali chiqishida, g’arb davlatlarning rossiyalik muxolif Aleksey Navalniyni ozodlikka chiqarish to’g’risidagi talablariga munosabat bildirdi.

U g’arb davlatlarining Navalniy to’g’risidagi talablarini bir-birining taqlidi va ko’chirmachilik deb baholadi. Ularning bayonotlari haqiqatdan yiroq.

“Mustaqil davlatlarning ichki ishlariga aralashishga hojat yo’q. G’arb mamlakatlarining o’zida ham qator muammolar mavjud. Barchaga o’z muammolari bilan shug’ullanishini tavsiya qilamiz”,-dedi Maria Zaharova.

Rossiya shahar sudi qaroriga binoan, Navalniyning avval uy qamog‘ida taxminan 10 oy bo‘lgani inobatga olingan va u endilikda 3,5 yilni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tkazadi.

Hukm qonuniy kuchga kirgunicha, Navalniy qamoqda ushlab turiladi. Siyosatchining advokati Vadim Kobzev qarorga e’tiroz bildirishini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Aleksey Navalniy , #Rossiya

Aloqador xabarlar