Yevropa mulozimlari Rossiyadagi vaziyatga munosabat bildirdi

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha vakili Jozep Borrel Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o’tkazilgan namoyishlarda minglab fuqarolar qo’lga olinganligidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

1574671
Yevropa mulozimlari Rossiyadagi vaziyatga munosabat bildirdi

 

Kecha, 31 yanvar kuni Rossiyaning ko‘plab shaharlarida qamoqqa olingan siyosatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash bo’yicha namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Yevropa mulozimlari Rossiyadagi vaziyatga munosabat bildirdi. Jumladan, Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha vakili Jozep Borrel Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o’tkazilgan namoyishlarda minglab fuqarolar qo’lga olinganligidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

5 fevral kuni Rossiyaga tashrifi kutilayotgan Borrel internet tarmoqlari orqali mamlakatdagi vaziyatga munosabat bildirdi.

“Rossiyada kecha ko’plab faollar va jurnalistlar qo’lga olingani va ularga nisbatan zo’ravonlik ko’rsatilganligidan xavotirdaman”,-deb yozgan Jozep Borrel.

Xalq bosim qo’rquvisiz tinch yo’l bilan namoyish o’tkazishga haqli ekanligini tilga olgan Borrel, Rossiyani xalqaro majburiyatlarga amal qilishga chaqirdi.

Ta’kidlash joizki, kecha 31 yanvar yakshanba kuni Rossiyaning ko’plab shaharlarida qamoqdagi siyosatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Namoyishlar ayniqsa, Moskva va Peterburgda keng ko’lamli o’tkazildi. Namoyishlarda minglab insonlar ishtirok etdi.

Politsiya namoyishchilarni kuch bilan to’xtatishga urindi. Inson huquqlari bo’yicha tashkilotlar namoyishlarda butun Rossiya bo‘ylab 4 mingga yaqin fuqaro qo‘lga olinganligini, ulardan 82 nafari jurnalistlar ekanligini ma’lum qildi. Namoyishlar vaqtida Aleksey Navalniyning turmush o’rtog’i ham qo‘lga olingan.


Tanlangan kalimalar: #Aleksey Navalniy , #Rossiya

Aloqador xabarlar