Rossiya yadroviy qurollarni cheklash bo‘yicha kelishuv muddatini uzaytiradi

Ma’lumotga ko’ra, 2010 yili Rossiya va AQSh tomonidan imzolangan ushbu kelishuv 2021 yil 5 fevralda yakunlanishi kerak edi. Kelishuvni yana 5 yilga – 2026 yil 5 fevralga qadar uzaytirish ko’zda tutilmoqda.

1572328
Rossiya yadroviy qurollarni cheklash bo‘yicha kelishuv muddatini uzaytiradi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi strategik yadroviy qurollarni ishlatishni cheklash bo‘yicha kelishuvni uzaytirishni ratifikatsiya qilish bo‘yicha davlat Dumasiga ko‘rsatma bergan.

Bu haqda Davlat Dumasining rasmiy sahifasidan e’lon qilingan.

Ma’lumotga ko’ra, 2010 yili Rossiya va AQSh tomonidan imzolangan ushbu kelishuv 2021 yil 5 fevralda yakunlanishi kerak edi. Kelishuvni yana 5 yilga – 2026 yil 5 fevralga qadar uzaytirish ko’zda tutilmoqda.

Kreml rasmiy saytida xabar berishicha, kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qilgan. Putin va Bayden suhbat chog’ida, Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilishgan.

Mazkur kelishuv uzun masofali yadroviy qurollar va raketalarni cheklashni nazarda tutadi. 2011 yil 5 fevralda kuchga kirgan 10 yillik shartnomaning muddati 2021 yil fevral oyida bo’lishi kerak edi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Rossiya , #AQSh

Aloqador xabarlar