Madriddagi portlashda tan jarohati olganlardan birining ahvoli og‘ir

Ispaniya poytaxti Madridda, shahar markazidagi binolardan birida yuz bergan portlash oqibatida ilk aniqlashlarga ko‘ra 2 kishi halok bo‘ldi.

1568035
Madriddagi portlashda tan jarohati olganlardan birining ahvoli og‘ir

Ispaniya poytaxti Madridda bir binoda gaz oqishi natijasida yuz bergan portlashda halok bo‘lganlar soni 3 kishi deb qayd etilmoqda.

Bir kishi bedarak yo‘qolgan voqeada 10 kishi tan jarohati oldi va ulardan birining ahvoli og‘ir.

Mahalliy yetakchilar, o‘t o‘chiruvchi va harbiy bo‘lmagan soqchilar guruhi bilan guvohlar bergan ma’lumotlarda, portlashning binodagi tabiiygaz ta’miroti va nazorati chog‘ida yuz bergani bayon etildi.

La Paloma cherkoviga oid binoning, din olimlarining yig‘ilish o‘tkazish makoni va ular tomonidan turar - joy sifatida foydalanilgani malum bo‘ldi.

Madrid shahar hokimi Jose Manuel Franko Pardo tomonidan, 6 qavatli bino katta ziyon ko‘rgan potlashda 85 yoshidagi bir ayol bilan ikki erkakning halok bo‘lgani, tabiiygazni nazorat qilgan guruhning esa bedarak ekani bildirildi.  


Tanlangan kalimalar: #Ispaniya , #Madrid , #portlash

Aloqador xabarlar