Sud rossiyalik muxolif Aleksey Navalniyga 30 kunlik qamoq jazosi berdi

“Navalniyga 15 fevralga qadar 30 sutka qamoq jazosi tayinlandi”,- deb ma’lum qilgan advokat Vadim Kobzev.

1566524
Sud rossiyalik muxolif Aleksey Navalniyga 30 kunlik qamoq jazosi berdi

 

Sud rossiyalik muxolif Aleksey Navalniyga 30 kunlik qamoq jazosi berdi. Ximki shahar sudi Aleksey Navalniyni 15-fevralga qadar qamoqqa olish bo‘yicha hukm chiqardi.

Navalniyning advokati Vadim Kobzev Navalniyning Ximki shahar sudi tomonidan aybdor deb topilganligini ma’lum qildi.

“Navalniyga 15 fevralga qadar 30 sutka qamoq jazosi tayinlandi”,- deb ma’lum qilgan advokat Vadim Kobzev.

Navalniy ushbu qarorni “qonunbuzarlikning ashaddiy isboti” deb atadi.
Eslatish joizki, rus muxolif Aleksey Navalniy 2020 yil 20 avgustda Tomskdan Moskvaga parvoz vaqtida o‘zini yomon his qila boshlagan. Shundan keyin samolyot Omskda favqulodda qo‘nishni amalga oshirib, Navalniy mahalliy shifoxonaga yotkizilgan. Shifokorlar unga qondagi shakarning keskin o‘zgarishiga olib kelgan moddalar almashinuvi buzilishi tashxisini qo‘yishgandi.

Keyinroq, 44 yoshdagi Navalniy 22 avgustda davolanish uchun Germaniyaga olib ketilgandi. Germaniyada Navalniyning “Novichok” zaharli moddalari guruhiga kiruvchi dori bilan zaharlangani ma'lum qilingandi. 

Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Berlindan Moskvaga uchib kelishi bilanoq Sheremetevo aeroportida qo’lga olingandi.


Tanlangan kalimalar: #Aleksey Navalniy

Aloqador xabarlar