Xitoyda ishlab chiqarilgan muzqaymoqdan koronavirus topildi

Xitoyda ishlab chiqarilgan muzqaymoqdan yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) topildi.

1565795
Xitoyda ishlab chiqarilgan muzqaymoqdan koronavirus topildi

Xitoy poytaxti Pekin yaqinlarida joylashgan Tianjin shahrida ishlab chiqarilgan muzqaymoqdan yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) topildi.

Rasmiylar ana shu muzqaymoq ishlab chiqarilgan Daqiaodao Food firmasining muhrlangani va ishchilarida Covid - 19 aniqlanganini ma’lum qildi.

Virus topilgan muzqaymoqlar yig‘ishtirib olinar ekan ular joylashtirilgan 29 ming qutining sotilmagani va sotilganlarning ham qayta to‘platilgani qayd etildi.  

Hukumat muzqaymoq tarkibidagi quruq sutning Yangi Zelandiyadan, quruq zardobning esa Ukrainadan olib kelinganini bildirdi.  

Pekin hukumati birinchi marotaba 2019 - yilning oxirlarida, Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan virusning aslida chet eldan import qilingan oziq - ovqatlardan paydo bo‘lganini iddio etgandi.



Aloqador xabarlar