Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 milliondan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 39 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 95 mln 488 mingni tashkil qilmoqda. 68 mln 196 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1565826
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 milliondan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 39 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 95 mln 488 mingni tashkil qilmoqda. 68 mln 196 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 407 ming 202 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 24 mln 482 mingdan ko’proq.

Braziliya koronavirusdan o’limlar soni bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 209 ming 869 nafarni tashkil qilmoqda. Shu bilan virusga chalinganlar soni 8 mln 488 ming 99 nafarga yetdi. Braziliyada CoronaVac va AstraZeneca vaksinalariga ruxsat berildi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 377 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlarning umumiy soni 82 ming 177 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 12 ming 415 kishiga oshib, 2 mln 381 ming 277 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada so’nggi bir kunda 141 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 70 ming 283 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 16 ming 642 kishiga oshib, 2 mln 910 ming 989 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropa Ittifoqi komissiyasining uch nafar a’zosi Portugaliyaning COVID-19 testi pozitif chiqqan moliya vaziri Jao Leao bilan uchrashgani sababli karantinga olindi. Komissiya a’zolari karantinda o’tgan 7 kundan so’ng takror test qildiradi.

Koronavirus epidemiyasi tufayli so’nggi bir kunda Meksikada 1463, Argentinada 112, Kolumbiyada 375, Peruda 101, Chilida 42, Boliviyada 40 va Guatemalada 34 kishi vafot etdi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar