Afg‘onistonda uyushtirilgan hujumda 3 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda, politsiya nazorat nuqtasiga qarshi qurolli hujum uyushtirildi.

1556830
Afg‘onistonda uyushtirilgan hujumda 3 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning G‘azna viloyatida, politsiya nazorat nuqtasida uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 3 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi.

Hujum, kim ekanligi noma’lum kishilar tomonidan G‘aznaning to‘rtinchi mintaqasidagi nazorat nuqtasida uyushtirildi.

G‘aznadagi Milliy Politsiya idorasi direktori Matbuot xizmati kotibi Ahmad Hon Siret, hujum oqibatida 3 nafar politsiya xodimining halok bo‘lgani va hujumchining ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini qayd etdi.

Hujumni, hali hanuz hech kim bo‘yniga olmadi.



Aloqador xabarlar