Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 850 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 85 mln 509 mingni tashkil qilmoqda. 60 mln 476 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1556941
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 mlnga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 850 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 85 mln 509 mingni tashkil qilmoqda. 60 mln 476 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 360 mingdan oshdi. Virusga chalinganlar soni 21 mlndan ko’proq. AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus qurbonlari va kasallanganlar soni bo’yicha ma’lumotlar haqiqat emasligini ilgari surdi. AQSh xalq salomatligini saqlash tashkiloti rahbari esa, bu ma’lumotlardan shubhalanishga biron sabab yo’qligini ma’lum qildi.

Fransiyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 65 mingdan oshdi. Virusga chalinganlar soni 2 mln 655 ming 728 nafarga yetdi. Mamlakatda 27 dekabrdan boshlab vaksina emlash boshlandi. Biroq, bir hafta ichida atigi 450 kishining vaksina qabul qilgani internet tarmoqlarida kulguga sabab bo’ldi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 75 ming 332 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 2 mln 155 ming 446 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda Noel bayrami arafasida koronavirusga qarshi cheklovlar kuchaytirildi. Cheklovlar 6 yanvarga qadar davom etadi.

Avstraliyada koronavirusdan vafot etganlar soni 909 nafarni tashkil qilmoqda. 28 ming 483 kishi virusga chalingan. Koronavirus yuqtirish holatlari soni keskin oshib borayotgan Sidney shahriga sayohat taqiqlandi.

Gretsiyada koronavirus qurbonlari soni 4957 nafarga yetdi, virusga chalinganlar soni 140 mingdan oshdi. Mamlakatga Britaniyadan kelgan 6 kishida koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi aniqlandi.

Ba’zi davlatlarda koronavirusdan o’limlar soni quyidagicha;

Braziliya (196 ming 18), Meksika (127 ming 213), Buyuk Britaniya (75 ming 24), Ispaniya (50 ming 837), Argentina (43 ming 482), Peru (37 ming 830), Polsha (29 ming 119), Belgiya (19 ming 701), Chili (16 ming 767), Ukraina (18 ming 854), Ekvator (13 ming 949), Ruminiya (15 ming 979), Niderlandiya (11 ming 612).


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar