Yevropa Ittifoqini 6 oy muddatga boshqarish vazifasi Portugaliyaga topshirildi
Portugaliya Yevropa Ittifoqi tarixida shu bilan 4-marta boshqarish vazifasini zimmasiga olmoqda. Bu 6 oy muddatni o’z ichiga olib, unda asosiy kun tartibni koronavirusga qarshi kurash va Breksit jarayoni tashkil qiladi.

Yevropa Ittifoqini ma’lum muddatga boshqarish vazifasi 1 yanvardan e’tiboran Germaniyadan Portugaliyaga o’tdi.
Portugaliya Yevropa Ittifoqi tarixida shu bilan 4-marta boshqarish vazifasini zimmasiga olmoqda. Bu 6 oy muddatni o’z ichiga olib, unda asosiy kun tartibni koronavirusga qarshi kurash va Breksit jarayoni tashkil qiladi.
Yevroittifoq bu jarayonda ayniqsa, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan qarorlarni joriy etish, koronavirusga qarshi ommaviy emlash jarayoni va Breksit oqibatlari tufayli yuzaga keladigan muhitga e’tiborni kuchaytirish ko’zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, xalqaro masalalar jumladan, Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Liviya, Suriya va Turkiya-Yevroittifoq munosabatlari Portugaliya rahbarligida muhokama qilinadi.
AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Baydenning 20 yanvarda prezident vazifasini bajarishga kirishishi bilan Donald Tramp davrida sovuqlashgan AQSh-Yevroittifoq munosabatlari takror yaxshilanishi kutilmoqda.
Yevropa Ittifoqini 6 oy muddatga boshqarish vazifasi 1 iyulda Portugaliyadan Sloveniyaga o’tadi.
Aloqador xabarlar

Blinken Aliyev va Pashinyan bilan tinchlik muzokaralarini qo‘lga oldi
Entoni Blinken, lhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.