JSST:"Koronavirusning mutatsiyaga uchragan turi o'limga olib kelishi noma'lum"

“Britaniya va Janubiy Afrikada koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi tarqalganligi haqida ma’lumotlar bor. Viruslar vaqt o’tishi bilan mutatsiyaga uchraydi. Bu tabiiy hol va kutilgan hodisa”,-deb aytgan Tedros Gebreisus.

1549761
JSST:"Koronavirusning mutatsiyaga uchragan turi o'limga olib kelishi noma'lum"

 

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreisus koronavirusning yana ham tezroq tarqaluvchi yangi turi jiddiy kasallik yoki o’limga sabab bo’lishiga doir biron dalil yo’qligini ma’lum qildi.

“So’nggi bir necha kun ichida Britaniya va Janubiy Afrikada koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi tarqalganligi haqida ma’lumotlar bor. Viruslar vaqt o’tishi bilan mutatsiyaga uchraydi. Bu tabiiy hol va kutilgan hodisa”,-deb aytgan Tedros Gebreisus.

Eslatish joizki, avvalroq Britaniya koronavirusning yana ham tezroq tarqaluvchi yangi turi aniqlanganini ma’lum qilgandi. Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va bir guruh olimlar koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi virusning dastlabki variantidan yana 70 foizga yuqumliroq ekanini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Britaniya sog’liqni saqlash vaziri Matt Hancock mamlakatda koronavirusning yangi turi nazoratdan chiqib bo’lganligini aytgandi.

Eslatma: Yevropaning qator mamlakatlarida jumladan, Britaniya, Daniya, Niderlandiya va Janubiy Afrikada koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi aniqlanganligi sababli Turkiya ushbu davlatlar bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi.


Tanlangan kalimalar: #Britaniya , #koronavirus , #Tedros Gebreisus , #JSST

Aloqador xabarlar