Rossiyada o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 2.5 milliondan oshdi

Rossiyada o‘ziga yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) yuqtirib olganlar soni 2.5 milliondan oshdi.

1542118
Rossiyada o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 2.5 milliondan oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1 million 566 ming 620, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 68 million 743, sog‘ayib ketganlar soni esa 47 million 664 ming nafarni ortda qoldirdi.

Hindistonda Covid – 19 dan vafot etganlar soni 141 ming 484, kasallanganlar soni esa 9 million 742 ming nafarga yetdi. 

Eronda virus qurbonlari soni 51 ming 212, kasallanganlar soni esa 1 million 72 ming nafar deb qayd etildi. 

Covid – 19 pandemiyasi yuzasidan Rossiyada 44 ming 718 kishi vafot etar ekan mamlakatda holat soni 2 million 541 ming nafarni tashkil etdi.

Pandemiya yuzasidan 556 kishi vafot etgan Janubiy Koreyada Kasallikni nazorat qilish va uning oldini olish markazi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra oxirgi 24 soatda 686 yangi Covid – 19 holati aniqlandi va bu orqali uning umumiy soni 39 ming 432 nafarga chiqdi.

Covid – 19 paydo bo‘lgan Xitoyda bugungacha 4 ming 634 kishi virusdan vafot etdi. Xitoy Milliy Sog‘likni saqlash komissiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Xitoyda oxirgi 24 soatda 15 yangi holat aniqlangan. Ularning 11 nafari chet eldan kirganlarda kuzatilgan. Bu orqali Xitoyda koronavirusdan kasallanganlarning umumiy soni 86 ming 661 nafarga yetdi. Oxirgi 24 soatda mamlakatda o‘lim holati kuzatilmadi.

Tunisda Sog‘likni Saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra Covid – 19 yuzasidan bugungacha 3 ming 596 kishi vafot etgan. Mamlakatda holat soni 104 ming 329 nafarga chiqdi. Tibbiy xodimlari, pandemiya tufayli og‘irlashgan faoliyat sharoitlariga norozichilik ko‘rsatish maqsadida namoyish uyushtirdi.  

Vafot etganlar soni 2 ming 932, holat soni esa 348 ming 968 nafarni tashkil etgan Isroilda Bosh vazir Binyamin Netenyahu 100 ming Pfizer Covid – 19 vaksinasining mamlakatga olib kelinishi ortidan bergan bayonotida, emlanishni xohlagan birinchi Isroil fuqarosi bo‘lish istagida ekanini eslatib o‘tgan holda, “Pfizer vaksinasiga ishonaman va Isroil xalqiga o‘rnak bo‘lish uchun birinchi men emlanaman”. – dedi.

Afrika qit’asida pandemiya yuzasidan vafot etganlar soni 402 nafarga ortgan holda umumiy raqam 54 ming 611 nafarga chiqdi. Qit’ada virus yuqtirganlar soni oxirgi 24 soatda 13 ming 46 nafarga ortgan holda 2 million 300 ming nafar bo‘ldi. Eng ko‘p Covid – 19 qurboni 22 ming 432 nafar bilan Janubiy Afrikada kuzatildi. Misrda 6 ming 813, Marokashda esa 6 ming 370 kishi Covid – 19 dan vafot etdi.

Indoneziyada pandemiya jarayonida vafot etganlar soni 18 ming 171 nafar, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 592 ming 900 nafar deb qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar