AQSh Xitoyning 14 vakiliga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Pekin hukumatini Hongkongdagi demokratik jarayonga bolta urganlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, “qora ro’yxat”ga olingan shaxslar AQShga sayohat qilishdan man qilinadi. Shuningdek, AQShdagi mol-mulki muzlatiladi.

1541639
AQSh Xitoyning 14 vakiliga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

 

AQSh Xitoyning 14 nafar mansabdor shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Pekin hukumatini Hongkongdagi demokratik jarayonga bolta urganlikda aybladi.

Pompeo Xitoy tomonidan qabul qilingan Hongkong milliy xavfsizligini ta'minlash haqidagi qonun natijasida Hongkong xalqining o’z vakilini saylash huquqidan mahrum qilinganligini ma’lum qildi. Shu sababli ushbu qonunni qabul qilgan va joriy etgan Xitoyning 14 nafar mansabdor shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, “qora ro’yxat”ga olingan shaxslar AQShga sayohat qilishdan man qilinadi. Shuningdek, AQShdagi mol-mulki muzlatiladi.

Eslatma: Shu yilning 30 iyun kuni Xitoy Hongkong milliy xavfsizligini ta'minlash haqidagi qonunni qabul qilgandi. Ushbu qonun ayirmachilik, terrorchilik, davlat hokimiyatiga putur yetkazish, xorijiy kuchlar bilan til biriktirish kabi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutadi. AQSh Xitoyning bu tashabbusini Hongkongning “muxtoriyati” va “bir davlat – ikki tizim” tamoyilining buzilishi deb qabul qilgan.


Tanlangan kalimalar: #sanksiya , #Xitoy , #AQSh

Aloqador xabarlar