Tel – Abyadda, xalq talabiga muvofiq Turkiya tomonidan diniy ta’lim berilmoqda

“Tinchlik bulog‘i” amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan Tel – Abyadga Turkiyaning yordami davom etmoqda.

1538684
Tel – Abyadda, xalq talabiga muvofiq Turkiya tomonidan diniy ta’lim berilmoqda

“Tinchlik bulog‘i” amaliyoti (2019 – yilning oktabr va noyabr oylari) orqali YPG/ PKK terror tashkilotidan qutqarilgan Suriyaning Tel – Abyad tumanida, xalqning talabi bilan Turkiyannig qo‘llab – quvvatlashi ostida diniy ta’lim berilmoqda.

Turkiyaning Shanliurfa shahar hokimligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Tel – Abyadda Shanliurfa shahar hokimligi, Suriya yordam va koordinatsiya markazi bilan hamkorlikda olib borilgan moddiy va manaviy faoliyatlar davom etmoqda.

Shu doirada oddiy hayot sharoitiga qaytish harakatlari jadal tus olgan bir vaqtda Teb – Abyadda, xalq talabiga muvofiq Qur’on – i Karim va ilmihol darslari berilmoqda.

Shanliurfa viloyatiga qarashli Ayyuba tumani muftiyligi hamkorligida uyushtirilgan diniy ta’limlarda Tel – Abyad markaziga qarashli “Abu Tolib” jome’ masjidida 45, “Ravza” jome’ masjidida 50, “Musab bin Umayr” jome’ masjidida 14, “Darul Etyam” jome’ masjidida 20, Janubiya va Sharkiya qishloqlarida 25 jami 154 nafar pora va ilmihol yodlagan ishtirokchilarga, uyushtirilgan marosim bilan yutuq sertifikati topshirildi.

Shuningdek, Tel – Abyaddagi 6 ming bolaga esa sayohat qiluvchi kino vositasi orqali 35 maktabda, bolalarga atalgan kinoteatrlar orqali ijtimoiy jihatdan yordam berildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Tel - Abyad , #diniy ta'lim

Aloqador xabarlar