Qatar Vazirlar kengashi, Turkiya – Qatar Oliy strategik qo‘mita yig‘ilishi natijalaridan mamnun

Turkiya bilan Qatar o‘rtasida turli tarmoqlarda rivoj topgan va o‘sgan o‘zaro munosabatlar asosida 26 – noyabr kuni Turkiya – Qatar Oliy strategik qo‘mitaning 6 – yig‘ilishi poytaxt Anqarada uyushtirildi.

1538713
Qatar Vazirlar kengashi, Turkiya – Qatar Oliy strategik qo‘mita yig‘ilishi natijalaridan mamnun

Qatar Vazirlar kengashi Turkiya – Qatar Oliy strategik qo‘mita yig‘ilishi natijalarini mamnuniyat bilan qarshi oldi.

Qatarning rasmiy QNA axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra Qatar Vazirlar kengashi haftalik yig‘ilishida, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al – Soniy yetakchiligida o‘tgan hafta Anqarada bo‘lib o‘tgan Turkiya – Qatar Oliy strategik qo‘mitaning navbatdagi oltinchi yig‘ilishi natijalarini mamnuniyat bilan qarshi olgan.

Vazirlar kengashida, qo‘mita uchrashuvlarining ikkala mamlakat o‘rtasidagi kuchli strategik munosabatlarining terangligini aks ettirgani va uchrashuvlarda turli tarmoqlardagi hamkorlikning rivojlantirilishi borasidagi mushtarak tushunchalar kun tartibiga olib chiqilgani qayd etilgan.

Turkiya bilan Qatar o‘rtasida turli tarmoqlarda rivoj topgan va o‘sgan o‘zaro munosabatlar asosida 26 – noyabr kuni Turkiya – Qatar Oliy strategik qo‘mitaning 6 – yig‘ilishi poytaxt Anqarada uyushtirilgandi.

Unda Prezident Erdo‘g‘an va Qatar Amiri al – Soniy huzurida ikkala mamlakat o‘rtasida 10 ta shartnomaga qo‘l qo‘yilgan.



Aloqador xabarlar