Dunyoda koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1.5 milliondan oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1 million 500 ming 450 nafarga yetdi.

1538866
Dunyoda koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1.5 milliondan oshdi
super covid19 meksika

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1 million 500 ming 450, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 64 million 904 ming 915, sog‘ayib ketganlar soni esa 44 million 995 ming nafarni ortda qoldirdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) da pandemiyadan vafot etganlar soni 279 ming 867 nafarga yetdi. Mamlakatda kasallanganlar soni esa 14 million 314 ming 265 nafar deb qayd etildi. AQShda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi, pandemiyaga qarshi tavsiya qilingan karantin muddatini 14 kundan eng kam 7, eng ko‘p 10 kunga tushirdi. Sobiq prezidentlardan Barak Obama, Jorj Bush va Bill Klinton, Covid – 19 ga qarshi AQSh Oziq – ovqat va dori – darmon tashkiloti tasdiqlagan vaksinadan kamera oldida foydalanishini bildirdi. Ular bu orqali xalqqa vaksinaning ishonchli ekanini isbotlash niyatida ekani ifoda etilmoqda.

Britaniyada Covid – 19 dan oxirgi 24 soatda 648 kishi vafot etdi va bu orqali mamlakatda Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy soni 59 ming 699 nafarga chiqdi. Huddi shu vaqt mobaynida 16 ming 170 Covid – 19 holati aniqlandi. Kasallanganlar soni esa 1 million 69 ming 256 nafarga yetdi. Mamlakatda 5 – noyabrda boshlagan karantin muddati tugadi. Bosh vazir Boris Johnson, 350 million dozalik Covid – 19 vaksinasi buyurtma berganliklarini eslatib o‘tgan holda, vaksinalarni tarqatishda jiddiy qiyinchiliklar yuz berishi mumkinligi borasida ogohlantirdi.

Fransiyada Covid – 19 dan oxirgi 24 soatda 313 kishining vafot etishi bilan ularning umumiy soni 53 ming 816 nafarga yetdi. Sobiq Prezident Valeriy Jiskard d'Esten ham Covid – 19 dan vafot etdi. Bir kunda qayd etilgan 14 ming 64 yangi holat orqali mamalakatda virus bilan kasallanganlar soni esa 2 million 244 ming 635 nafarga chiqdi.

Covid – 19 dan 17 ming 812 kishi vafot etgan va 1 million 105 ming 800 kishi virusga chalingan Germaniyada, poytaxt Berlinda Covid – 19 pandemiyasiga qarshi kurash doirasida ko‘rilgan choralarga e’tiroz bildirgan “Querdenken 30” deb nomlangan guruh, “xabarlarda to‘g‘ri ma’lumot yo‘q” degan iddio bilan ommaviy axborot vositalariga norozichilik ko‘rsatdi.

Ispaniyada Covid – 19 dan 45 ming 784 kishi vafot etdi. Vafot etganlardan tashqari 1 million 682 ming 533 kishi virusga chalindi.

Covid – 19 dan o‘lim holati 107 ming 565, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 1 million 133 ming 613 nafarni tashkil etgan Meksikada Pfizer – BioNTech tomonidan ishlab chiqairlgan Covid – 19 ga qarshi vaksinaning kelasi haftadan e’tiboran foydalanish ishlarining boshlashi aytilmoqda. Vaksina avvalom bor virusga qarshi kurashgan tibbiy xodimlar uchun ajratiladi.

Dunyoning boshqa davlatlarida Covid – 19 o‘lim holatlari esa quyidagicha:

Braziliya 174 ming 531, Italiya 57 ming 45, Argentina 39 ming 156, Kolumbiya 37 ming 117, Peru 36 ming 76, Polsha 18 ming 208, Belgiya 16 ming 911, Chili 15 ming 438, Ekvador 13 ming 562, Ukraina 12 ming 717, Kanada 12 ming 325 va Ruminiya 11 ming 665.



Aloqador xabarlar