Britaniya, BioNTech va Pfizer vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi

BBC tarqatgan ma’lumotga ko‘ra Britaniya Dori – darmon va sog‘likni saqlash mahsulotlarini tartibga solish tashkiloti, “BNT162b2” vaksina nomzodining bemalol foydalanish uchun uyg‘un ekanini bildirgan.

1538292
Britaniya, BioNTech va Pfizer vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi

Britaniya, asoschilaridan biri turk olimi professor doktor Ug‘ur Shahin bo‘lgan Germaniyaning biyotexnologiya firmasi BioNTechning Amerikaning dori – darmon shirkati Pfizer bilan hamkorlikda ishlab chiqargan yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi vaksinasidan bemalol foydalanishiga ruxsat berdi.

BBC tarqatgan ma’lumotga ko‘ra Britaniya Dori – darmon va sog‘likni saqlash mahsulotlarini tartibga solish tashkiloti, “BNT162b2” vaksina nomzodining bemalol foydalanish uchun uyg‘un ekanini bildirgan. 

Bu orqali Britaniya Covid – 19 ga qarshi ishlab chiqarilgan bir vaksina nomzodidan foydalanishga ruxsat bergan birinchi davlat bo‘ldi.

Ruxsatnoma ortidan Britaniyada kelasi haftadan e’tiboran eng muhtoj guruhlarni emlash ishlari boshlashi kutilmoqda.  

Britaniya bugungacha vaksinadan 40 doza xarid qilib olish uchun kelishuv tuzgandi.

mRNA asosidagi vaksina nomzodi dunyoda ro‘yhatga olingan birinchi Covid – 19 vaksinasi bo‘ldi.

Vaksina, o‘rtacha 10 oylik vaqt mobaynida klinikadan oldingi tadqiqotlar va 3 bosqichli klinik sinovlarni tamomlab, ruxsat olishga muvaffaq bo‘ldi.  

Pfizer va BioNTech, vaksina nomzodining virusga qarshi immunitetni ko‘tarishda 95 foiz foydali ekanini qayd etgandi.

Firmalar, vaksina nomzodidan tez kunlarda foydalanishiga ruxsat berilishi uchun AQShdagi Oziq – ovqat va dori- darmon idorasi bilan Yevropa Dori – darmon agentligiga murojaat qilgandi.

Firmalar vaksinaning ta’minoti uchun AQSh, Yevropa ittifoqi, Britaniya, Kanada va Yaponiya bilan shartnoma tuzgan.

Turkiya Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja 25 – noyabr kuni Turkiyaning vaksina nomzodidan, qish oylarida 25 million (1 millioni dekabr oyida) doza xarid qilib olish uchun kerakli uchrashuvlar olib borayotganini bayon etgandi.

Firma vaksinadan 2020 – yilning oxirigacha 100 million, 2021 – yilning oxirigacha esa qariyb 1.3 milliard doza ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Britaniya , #BioNTech , #Covid-19 , #vaksina , #Pfizer

Aloqador xabarlar