Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1.5 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 437 mingga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 61 mln 309 mingni tashkil qilmoqda. 42 mln 396 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1535363
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1.5 mlnga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 437 mingga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 61 mln 309 mingni tashkil qilmoqda. 42 mln 396 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 269 ming 560 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 13 mln 248 mingni tashkil qilmoqda.

Virusning tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini davom etmoqda.

Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 498 bemor koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 57 mingdan oshdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 17 ming 555ta yangi holat qayd etildi. Natijada  koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1 mln 574 ming 562 nafarni tashkil qilmoqda.

Buyuk Britaniyada 15 dekabrdan boshlab mamlakatga kelgan yo’lovchilarga COVID-19ga qarshi test qildirish majburiy bo’ladi va kamida bir hafta karantin rejimiga amal qilishi talab qilinadi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 822 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 52 ming 850 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 1 mln 510 mingga yaqinlashdi.

Fransiyada so’nggi bir kunda shifoxonalarda 340 bemor COVID-19 tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 50 ming 957 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 13 ming 563ta yangi holat qayd etildi. Mamlakatda virus yuqtirib olganlarning umumiy soni 2 mln 183  ming 660 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Ispaniyada COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 44 ming 374 nafarga yetdi. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat bo’ylab bir kunda 12 ming 289ta yangi holat qayd etildi. Mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 1 mln 617 ming 355 nafarni tashkil qilmoqda.

Portugaliyada so’nggi bir kunda 82 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 4209 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 280 mingdan oshdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 6383ta yangi holat qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar