Qizil dengiz janubida neft tankeri portlatildi

Saudiya Arabistoniga oid Al-Ihbariyya kanalining internetdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, Qizil dengiz janubida Xusiylarga oid portlovchi moddaga to’la kema yo’q qilingan. Natijada, dengiz qatnoviga qaratilgan terrorchilik harakati to’xtatib qolingan.

1534534
Qizil dengiz janubida neft tankeri portlatildi

 

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Qizil dengiz janubida neft tankeri portlaganligini ma’lum qildi. Fojia oqibatida bir savdo kemasida talofat yuzaga kelgan.

Saudiya Arabistoniga oid Al-Ihbariyya kanalining internetdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, Qizil dengiz janubida Xusiylarga oid portlovchi moddaga to’la kema yo’q qilingan. Natijada, dengiz transport qatnoviga qaratilgan terrorchilik harakati to’xtatib qolingan.

Portlovchi moddaga to’la kemaning parchalari yaqinidagi savdo kemasiga borib tushgan va kemada talofat yuzaga kelgan.

Xusiylar mavzu haqida biron izoh bildirmagan.

Ta’kidlash joizki, uzoq vaqtdan beri siyosiy barqarorsizlik hukm surib kelayotgan Yamanda Xusiylar 2014 yil sentyabrdan buyon poytaxt Sana va boshqa ba’zi hududlarning nazoratini qo’lga olgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yil mart oyidan buyon Xusiylarga qarshi Yaman hukumatiga yordam bermoqda.


Tanlangan kalimalar: #Xusiylar , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar