Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 60 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 414 mingga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 60 mln 108 mingni tashkil qilmoqda. 41 mln 556 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1533929
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 60 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 414 mingga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 60 mln 108 mingni tashkil qilmoqda. 41 mln 556 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 265 ming 943 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 12 mln 956 ming 783 nafarni tashkil qilmoqda.

Virusning tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini davom etmoqda.

Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 608 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 55 ming 838 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 11 ming 299ta yangi holat qayd etildi. Shu bilan mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1 mln 538 ming 794 nafarni tashkil qilmoqda.

Buyuk Britaniyada 15 dekabrdan boshlab mamlakatga kelgan yo’lovchilarga COVID-19ga qarshi test qildirish majburiy bo’ladi va kamida bir hafta karantin rejimiga amal qilishi talab qilinadi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 853 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlar soni 51 ming 306 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 23 ming 232 kishiga oshib, 1 mln 455 ming 22 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada so’nggi bir kunda shifoxonalarda 458 bemor koronavirus tufayli vafot etdi. Oxirgi 4 kun ichida qariyalar uylarida 551 kishi virus qurboniga aylandi. Ayni vaqtda mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 50 ming 237 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 9155ta yangi holat qayd etildi. Shu bilan mamlakatda virus yuqtirib olganlar soni 2 mln 153  ming 815 nafarni tashkil qilmoqda.

So’nggi bir kunda COVID-19 tufayli Braziliyada 630, Meksikada 813, Argentinada 311, Kolumbiyada 198, Peruda 44, Ekvatorda 39 va Chilida 25 kishi vafot etgan.

Braziliyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 170 ming 179, Meksikada 102 ming 739, Argentinada 37 ming 432, Kolumbiyada 35 ming 677, Peruda 35 ming 685, Ekvatorda 13 ming 264, Chilida 15 ming 131 nafarni tashkil qilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar