Avstriyadagi hujumlarda, musulmonlarni nishonga olish holatlari avj oldi

Avstriyada, 2 – noyabr kuni uyushtirilgan terror hujmida 4 kishi halok bo‘ldi.

1530452
Avstriyadagi hujumlarda, musulmonlarni nishonga olish holatlari avj oldi

Avstriyada musulmonlarga qarshi uyushtirilgan irqchilik tusdagi hujumlar avj oldi.

Avstriyada irqchilikka qarshi faoliyatlar olib borgan Fuqarolik ishlari va irqchilikka qarshi faoliyat olib borish jamiyati raisi Kerolayn Kershbaumer, Avstriyaning ORF telekanaliga bergan bayonotida, 2 – noyabr kuni qo‘l urilgan terror hujmi natijasida ayniqsa, musulmon ayollarning nishonga aylanganini qayd etdi.

Kershbaumer, terror hujmi ortidan qariyb 15 kunda 80 dan ortiq islomga qarshi irqchi hujumlar qayd etilganini bildirdi.

Musulmonlarni nishonga olgan irqchi tusdagi hujumlarning terror hujumlari bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqali ekanini eslatib o‘tgan Kershbaumer, musulmonlarning ayblangani, ro‘mol o‘ragan ayollarning ham ko‘chada, ham da dijital platformada hujumlarning nishoniga aylangani ifoda etdi.

Avstriyada, 2 – noyabr kuni uyushtirilgan terror hujmida 4 kishi halok bo‘lar ekan, xavfsizlik kuchlari terroristlarni yo‘q qilgandi.

 



Aloqador xabarlar