Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 56 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 354 ming 800 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 56 mln 569 mingni tashkil qilmoqda. 39 mln 363 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1530411
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 56 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 354 ming 800 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 56 mln 569 mingni tashkil qilmoqda. 39 mln 363 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 256 ming 262 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 11 mln 874 mingga yaqinlashdi.  AQShning turli shtatlarida epidemiya tarqala boshlagandan 12 noyabrga qadar 1 mln 39 ming 464 bola koronavirusga chalingan. Nyu-York shahrida epidemiya tufayli bugundan boshlab maktablar takror yopiladi.

Virusning tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini davom etmoqda.

Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 529 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 53 ming 274 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 19 ming 609ta yangi holat qayd etildi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1 mln 430 ming 341 nafarni tashkil qilmoqda.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 753 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlar soni 47 217 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 34 ming 282 kishiga oshib, 1 mln 272 ming 352 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Ispaniyada COVID-19 tufayli vafot etganlarning umumiy soni 42 mingdan oshdi. So’nggi bir kunda 351 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 1 mln 525 ming 341 nafarni tashkil qilmoqda.

Portugaliyada so’nggi bir kunda 79 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 3632 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 236 mingdan oshdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 5891ta yangi holat qayd etildi.

Mamlakatda epidemiyaga qarshi qo’shimcha chora-tadbirlar joriy etilishi va 24 noyabrda muddati to’ladigan favqulodda holat rejimi takror uzaytirilishi ko’zda tutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar