Peru prezidenti vazifasini bajarayotgan Manuel Merino de Lama iste'foga chiqdi

“Hozirda, Peru eng yirik siyosiy inqirozlardan birini boshidan o‘tkazmoqda. Peru xalqi prezident lavozimidan ketish haqidagi arizamni qabul qilishini xohlayman!  Barcha peruliklarni tinchlikka va birlashishga chaqiraman!”-dedi Merino televideniye orqali.

1528533
Peru prezidenti vazifasini bajarayotgan Manuel Merino de Lama iste'foga chiqdi

 

Peru prezidenti Martin Viskarraning 11 noyabrda o’z vazifasidan iste’fo etishi bilan Peru prezidenti vazifasini vaqtincha bajarayotgan Manuel Merino de Lama ham iste'foga chiqdi.

Viskarra pora olganlikda ayblanib, 10 noyabrda iste’foga chiqqandi. Uning o’rnini Merino de Lama egallagandi.

Peru matbuotida tarqalgan xabarlarga ko’ra, mamlakatda Viskarraning o‘z lavozimidan chetlatilishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan. Namoyishlarni bostirish vaqtida ikki kishi halok bo’lgan. 100dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu voqealardan so’ng Merino jonli efirda iste’fo etishga majbur bo’lgan.

“Hozirda, Peru eng yirik siyosiy inqirozlardan birini boshidan o‘tkazmoqda. Peru xalqi prezident lavozimidan ketish haqidagi arizamni qabul qilishini xohlayman!  Barcha peruliklarni tinchlikka va birlashishga chaqiraman!” -deb murojaat qilgan Merino televideniye orqali. 

Merinoning iste’fosi Peru xalqi tomonidan sevinch bilan kutib olindi.

 



Aloqador xabarlar