Peskov: “Putin, Prezident Erdo‘g‘anning konstruktiv tusdagi yondashuvini qo‘llab-quvvatlamoqda".

Jurnalistlarga bayonot bergan Peskov, Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ masalasidagi fikr kelishmovchilikning, turk tomoni bilan muloqat yo‘li orqali hal qilinishini bildirdi.

1526774
Peskov: “Putin, Prezident Erdo‘g‘anning konstruktiv tusdagi yondashuvini qo‘llab-quvvatlamoqda".

Rossiyaning Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning Tog‘li Qorabog‘ masalasidagi konstruktiv tusdagi yondashuvini ijobiy baholaganini qayd etdi.

Jurnalistlarga bayonot bergan Peskov, Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ masalasidagi fikr kelishmovchilikning, turk tomoni bilan muloqat yo‘li orqali hal qilinishini bildirdi.   

Rossiya bilan Turkiya o‘rtasidagi muloqatning bir necha mintaqaviy masalaning hal qilinishiga ijobiy hissa qo‘shishini belgilab o‘tgan Peskov, o‘zaro ishonch va hamkorlikka alohida e’tibor berganliklarini ifoda etdi.

Peskov suningdek,

“Ma’lum bo‘lganidek Davlat rahbarimiz Putin ham turk kasbdoshi Prezident Erdo‘g‘anning konstruktiv yondashuvini qo‘llab – quvvatlamoqda. Liderlar tig‘iz va mustahkam muloqat olib bormoqda lekin albatta bunday chigal masalalardagi yondashuvlarda nozik fikr kelishmovchiliklari uchrab turadi. Bularni ham turk sherigimiz bilan muloqatlar chog‘ida hal qilamiz”. – dedi.



Aloqador xabarlar