Belorus hukumati britaniyalik ikki diplomatni persona non grata deb e’lon qildi

“Belarus tashqi ishlar vazirligi Minskdagi Buyuk Britaniya elchixonasining ikki nafar diplomatini diplomat maqomi hamda Belarusda bo‘lish maqsadiga muvofiq bo‘lmagan faoliyatlari uchun persona non grata deb e'lon qilishga qaror qildi”,-deyiladi bayonotda.

1525141
Belorus hukumati britaniyalik ikki diplomatni persona non grata deb e’lon qildi

 

Belarus Respublikasi hukumati mamlakatda faoliyat ko’rsatgan britaniyalik ikki diplomatni, jumladan harbiy attashe Timoti Uayt Boykott va elchi o‘rinbosari Liza Tamvudni persona non grata deb e’lon qildi.

Bu haqda Belorus tashqi ishlar vazirligi kotibi Anatoliy Glaz bayonot berdi.

“Belarus tashqi ishlar vazirligi Minskdagi Buyuk Britaniya elchixonasining ikki nafar diplomatini diplomat maqomi hamda Belarusda bo‘lish maqsadiga muvofiq bo‘lmagan faoliyatlari sababli persona non grata deb e'lon qilishga qaror qildi”, -deyiladi bayonotda.

Belorus matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, ikki ingliz diplomat Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi mamlakatda noqonuniy namoyishlar o’tkazgan muxolif yetakchilar bilan uchrashgan. Namoyishlarni jahon kun tartibiga olib chiqish uchun yordam berishgan. Shuningdek, Belarusdagi ichki siyosiy vaziyat va noroziliklar to‘g‘risida ma'lumot to‘plashgan.

“Ushbu qaror mazkur diplomatlarning buzg‘unchi tusdagi faoliyatini inobatga olgan holda qabul qilingan”,-deb alova qilinadi bayonotda.

Eslatish joizki, Belorusda 9 avgustda bo’lib o’tgan prezident saylovida amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko g’alaba qozongandi. Ortidan saylovda hiylaga yo’l qo’yilganligi sababli mamlakat bo’ylab norozilik namoyishlari boshlangandi. Namoyishlarda prezident Lukashenkoning iste’fosi talab qilingandi.

Ma’lumotga ko’ra, diplomatlar Timoti Uayt Boykott va elchi o‘rinbosari Liza Tamvud Belarusni tark etishgan.


Tanlangan kalimalar: #Britaniya , #diplomat , #persona non grata , #Belorus

Aloqador xabarlar