6.6 bal zilzila Gretsiyaning Sisam oroliga ham talofat yetkazdi

30 oktyabr kuni Egey dengizi sohilida yuz bergan 6.6 bal zilzila nafaqat Turkiyaga balki, qo’shni davlat Gretsiyaning Sisam oroliga ham katta talofat yetkazdi. Uning kuchi poytaxt Afinada ham sezilgan.

1520271

Ma’lumotga ko’ra, yer qimirlashi 15 va 17 yoshlardagi ikki o’quvchining hayotiga zomin bo’lgan. Shuningdek, 300ta uy va 70dan ortiq ishxona vayron bo’lgan.

Zilzila ortidan kichik darajada tsunami falokati yuzaga kelgan. Shu sababli, dengiz sohiliga yaqin masofadagi mashinalar suv ostida qolib ketgan.

Sisam orolida yashovchi aholi zilzila talofatlarini bartaraf etishga harakat qilmoqda.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #zilzila , #Gretsiya

Aloqador xabarlar