BMT, Turkiya bilan Rossiyani Suriyadagi hamkorligini davom ettirishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Turkiya bilan Rossiyani Suriyadagi hamkorligini davom ettirishga chaqirdi.

1517256
BMT, Turkiya bilan Rossiyani Suriyadagi hamkorligini davom ettirishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning Suriya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Geir Pedersen, Turkiya bilan Rossiyani Suriyadagi hamkorligini davom ettirishga chaqirdi.

BMT Xavfsizlik kengashiga Suriyadagi vaziyat haqida ma’lumot bergan Pedersen, Idlibda konstitutsiya qo‘mitasidagi muxolifat vakillarining ta’lim lageriga qarshi tunov kuni havodan hujum uyushtirilganini natijada taranglikning avj olganiga e’tibor qaratdi.

“Bu harakatlar, turk – rus hamkorligi yordamida bostirilgan va qo‘shma patrullik xizmatining oxirgi bir oydan beri to‘xtab qolishi munosabati bilan xavf ostida turgan tinchlikni buzishi mumkin”. – degan Pedersen:

“Turkiya bilan Rossiyaning, vaziyatni nazoratga olishi uchun birgalikda faoliyat olib borishlarini so‘rayman”. – degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar