Avstraliyada, turklarga oid jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirildi

Avstraliyaning Sidney shahridagi, “Auburn Gelibo‘lu” jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirildi.

1515813
Avstraliyada, turklarga oid jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirildi

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan Auburn Gelibo‘lu jome’ masjidiga qarshi kecha oqshom soatlarida, kim ekanligi noma’lum bir shaxs tomonidan hujum uyushtirildi. 

Din Ishlari yetakchiligiga qarashli “Auburn Turk – islom madaniyat markazi” yetakchiligidagi Gelibo‘lu jome’ masjidiga kirgan hujumchi, jome’ masjidining yuqorisidagi qandillarni, deraza oynalarini, televizor va ba’zi ashyolarni sindirib, minglab dollarlik moddiy ziyonga yo‘l ochgan.

Hujum chog‘ida ba’zi fuqarolar, hujumchini uyali telefon orqali tasvirga olib, politsiya xodimlariga xabar bergan.

Politsiya, kim ekanligini oshkor qilmagan hujumchini nazorat ostiga oldi.



Aloqador xabarlar