Jarablusga qarshi ballistik raketa orqali hujum uyushtirildi

“Firot qalqoni” amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan Jarablusga qarshi ballistik raketa orqali hujum uyushtirildi.

1515034
Jarablusga qarshi ballistik raketa orqali hujum uyushtirildi

Suriyaning shimolida, “Firot qalqoni” amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan Jarablusga qarshi ballistik raketa orqali hujum uyushtirildi va oqibatida tinch aholidan 5 kishi halok bo‘ldi.

Turkiyaning Gaziantep viloyatining Karkamish tumanining to‘g‘risidagi mintaqaga qarshi uyushtirilgan hujumda 5 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi tan jarohati oldi.

Raketali hujum ortidan dizel yoqilg‘isini qayta ishlash zavodlarida yong‘in kelib chiqdi. Oq kaskaliklar, yong‘inni o‘chirish uchun faoliyat boshlatdi.

Ballistik raketalarning Lazkiyadagi “Hamim” aeroportidan uchirilgani iddio etildi.


Tanlangan kalimalar: #Firot qalqoni , #Jarablus , #ballistik raketa

Aloqador xabarlar