Putin: “Erdo‘g‘an, bosimlarga qaramay mustaqil tashqi siyosat kuzatmoqda”.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga maqtov yog‘dirdi.

1514321
Putin: “Erdo‘g‘an, bosimlarga qaramay mustaqil tashqi siyosat kuzatmoqda”.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Turkiya bilan yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalarning Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning qarorliligi soyasida amalga oshayotganiga e’tibor qaratgan holda,

“Erdo‘g‘an, bosimlarga qaramay mustaqil tashqi siyosat kuzatmoqda”. – dedi.

Vladimir Putin, videokonferensiya orqali “Valday” Xalqaro munozara klubi yig‘ilishida savollarga javob berdi.  

Turkiya bilan Fransiya o‘rtasida Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida yuz bergan taranglikda Rossiyaning o‘rtamchilik qilib – qilmasligi haqidagi savolga Vladimir Putin, Rossiyaning ham Fransiya ham da Turkiya bilan yaxshi munosabatda ekanini qayd etdi.

Putin shuningdek,

“Fransiya bilan to‘liq bo‘lmasa da yaxshi va barqaror munosabatimiz bor. Turkiya bilan hamkorlik hajmi keng tus olmoqda. Turkiya bizning qo‘shnimiz. Munosabatlarimiz esa Turkiya uchun ham Rossiya uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan ikkala mamlakat o‘rtasida bizning o‘rtamchilik qilishimizga hojat yo‘q degan fikrdaman. Turkiya ham Fransiya ham o‘z muammosini o‘zi hal qila oladi. Erdo‘g‘anning pozitsiyasi qattiq tuyulishiga qaramay men uning egiluvchanligini bilaman. U bilan o‘rtoq tilda gaplashish mumkin. Shuning uchun ham vaziyatning yaxshi tus olishidan umidvorman”. – dedi.

Turkiya bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga ham to‘xtalgan Vladimir Putin, o‘zaro savdo hajmining 20 milliard dollardan ko‘p ekaniga e’tibor qaratdi va Putin bu haqida:

“Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, bosimlarga qaramay mustaqil tashqi siyosat olib bormoqda. U bilan qisqa vaqt ichida TurkOqim loyahisini yo‘lga qo‘ydik. Lekin Yevropa bilan buni tez amalga oshirolmayapmiz”. – deya gapirdi.

“Shimoliy Oqim 2” tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasini yo‘lga qo‘yish masalasida Yevropa bilan muammolarga duch kelganliklarini yodga solgan Vladimir Putin:

“Holbuki Turkiya bilan e’tirozlarga qaramay milliy qadriyatlar asosida buni (TurkOqim loyihasi) tez yo‘lga qo‘ydik. Erdo‘g‘an, - Buni amalga oshiramiz. – dedi va biz buni amalga oshirdik. Turkiya, harbiy texnik hamkorlik sohasida ham, S – 400 tizimini xarid qilib olish haqida qaror qabul qildi va xarid qildi. Bunday sherik bilan faoliyat olib borish yaxshi va ishonchli”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.   

 

 

 



Aloqador xabarlar