Stoltenberg:"NATO Tog’li Qorabog’dagi urushda betaraf"

Yens Stoltenberg va Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Belgiya poytaxti Brusseldagi NATO qarorgohida bo’lib o’tgan muzokaralardan so’ng matbuotga brifing berdi.

1513896
Stoltenberg:"NATO Tog’li Qorabog’dagi urushda betaraf"

 

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qilishicha, NATO Tog’li Qorabog’dagi urushda betaraf. Bu Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanga shaxsan eslatildi.

Yens Stoltenberg va Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Belgiya poytaxti Brusseldagi NATO qarorgohida bo’lib o’tgan muzokaralardan so’ng matbuotga brifing berdi.

Stoltenberg muzokaralarda Tog’li Qorabog’dagi vaziyat muhokama qilinganligini bildirib, “Janob prezidentga NATO tashkiloti bu urushda betaraf ekanligini eslatdim. Ozarbayjon ham Armaniston ham 25 yildan ortiq NATOning hamkorlaridir”,-dedi.

NATO o’t ochishni to’xtatish rejimi oyoq osti qilinganidan xavotirda ekanligini ma’lum qilgan Stoltenberg, kelishmovchilikka barham berish, azob-uqubatni tindirish va tinch yo’l bilan muammoga yechim topish muhim ekanligini ta’kidladi.

Stoltenberg tomonlarni sukunatni saqlashga va o’t ochishni to’xtatish rejimiga amal qilishga chaqirdi.

“Tinch aholining nishonga olinishiga ko’z yumib bo’lmaydi va buni darhol to’xtatish zarur. Tomonlar masalaga siyosiy yechim topishga harakat qilishi zarur. Armaniston va Ozarbayjon muzokalarni davom ettirishi kerak”,-deb aytgan NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

 

 



Aloqador xabarlar