Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1 mln 97 mingga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 96 ming 900dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 38 mln 752 mingni tashkil qilmoqda. 29 mln 129 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1509581
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1 mln 97 mingga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 96 ming 900dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 38 mln 752 mingni tashkil qilmoqda. 29 mln 129 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 221 ming 843 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 8 mln 150 ming 43 kishini tashkil qilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp bilan turmush o’rtog’i Melania Tramp va farzandlari Barron Trampning virusga chalinganligi, biroq sog’ayib ketganligi ma’lum qilindi.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 137 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 43 ming 155 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni esa, 655 ming 644 nafarga yetdi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni so’nggi bir sutkada 43 nafarga oshib, ularning umumiy soni 36 289 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 7332 ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlarning umumiy soni 372 ming 799 nafarni tashkil qilmoqda.
Ispaniyada so’nggi bir kunda 209 kishi koronavirusdan vafot etdi. Mamlakatda virusdan vafot etganlarning umumiy soni 33 ming 413 nafarga yetdi. Mamlakatda so’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 11970 ta yangi holat qayd etildi. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 908 mingdan oshdi.

Fransiyada COVID-19 tufayli so’nggi bir kunda 104 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 33 ming 37 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni so’nggi bir kunda 22 ming 591 kishiga oshib, 779 ming 63 nafarni tashkil qilmoqda.

Prezident Makron COVID-19ga qarshi chora-tadbirlar doirasida 17 oktyabrdan boshlab, poytaxt Parij va boshqa yirik shaharlarda 4 hafta muddatga soat 21:00-06:00 oralig’ida komendantlik soati joriy etilishini ma’lum qildi. Qarorga binoan, 17 oktyabrdan boshlab favqulodda holat rejimi joriy etiladi.

Germaniyada koronavirus qurbonlari soni 9771 nafarga yetdi. Mamlakat miqyosida virusga chalinganlar soni 341 ming 742 nafarni tashkil qilmoqda. Germaniya kantsleri Angela Merkel virusning tarqalish darajasi oshib borayotganidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

COVID-19ga qarshi kurash uchun taxminan 250 mlrd evro qarz olish kerakligini aytgan Merkel: “Shu sababli ikkinchi to’lqinni nafaqat sog’liqni saqlash tizimimiz, balki iqtisodiyotimiz ham bardosh bera olmaydi”,-dedi. Mamlakatda koronavirusning ikkinchi to’lqiniga qarshi chora-tadbirlar kuchaytirildi. Bunga ko’ra, restoran, kafe va barlar soat 23:00da yopiladi. Bu soatdan keyin ispirtli ichimlik sotilmaydi. Niqob taqish majburiy bo’ladi. Ochiq joylarda 10 kishidan ortiqcha odam to’planishi man qilinadi.

Shu kungacha virus qurbonlari soni 44 nafar bilan cheklangan Maltada oxirgi kunlarda virusning tarqalish darajasi keskin oshib ketdi. Mamlakatda so’nggi bir kunda 111 kishida virus aniqlandi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlar soni 4048 nafarni tashkil qilmoqda. Malta tabiblar uyushmasi hukumatni qo’shimcha bir qator chora-tadbirlarni olishga chaqirdi.

Avstraliyada virus qurbonlari soni 904 nafarga yetdi. Mamlakat bosh vaziri Scott Morrison Yangi Zelandiya, Yaponiya, Singapur va Janubiy Koreya yetakchilari bilan aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qildi. 16 oktyabrdan boshlab, Yangi Zelandiyadan sayohat qiladigan yo’lovchilarga boshqa mamlakatga parvoz qilishiga ruxsat beriladi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar