Donald Tramp Somalidagi harbiylarini ortga qaytarmoqchi...

Bloomberg televideniyesining amerikalik mulozimlarga tayanib bergan xabariga ko’ra, Donald Tramp xorijdagi amerikalik harbiylarni uyga qaytarish bo‘yicha bergan saylovoldi va'dasini bajarib, Somalidagi harbiylarni ortga qaytarmoqchi.

1508912
Donald Tramp Somalidagi harbiylarini ortga qaytarmoqchi...

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Somalidagi harbiylari sonini kamaytirmoqchi.

Bloomberg televideniyesining amerikalik mulozimlarga tayanib bergan xabariga ko’ra, Donald Tramp xorijdagi amerikalik harbiylarni uyga qaytarish bo‘yicha bergan saylovoldi va'dasini bajarib, Somalidagi harbiylarni ortga qaytarmoqchi.

Vakillarning ta’kidlashicha, Pentagon hozirda Somalidan qo‘shinlarni olib chiqish rejasini tayyorlashga kirishib ketgan. Pentagon esa, mavzu haqida biron rasmiy izoh bildirmadi.

Ta'kidlash joizki, Trampning Afg’onistondan harbiylarni butunlay qaytarish rejasi Vashingtonda tortishuvlarga sabab bo’lgandi. Shuningdek, Trampning Al-Qoida katta kuchga ega bo’lgan Somalidan harbiylarni olib chiqib ketish istagi ham tortishuvlarga sabab bo’lishi kutilmoqda.

AQShning Afrikadagi qo‘mondonligi ma'lumotlariga ko‘ra, Somalida Tramp davrida yuborilgan taxminan 800 atrofida amerikalik harbiy bor. Ular 2017 yilda Trampning buyrug‘i bilan jo‘natilgan.

Pentagon anchadan buyon AFRİCOM hududidan harbiylarni qaytarib, ularni Tinch okeani mintaqasiga joylashtirishni rejalayotgandi.


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar